Maxfiylik siyosati
IÇAN — mijozlar uchun mobil ilova
Oxirgi yangilanish: 17.09.2026
Bu sahifa «IÇAN» mobil ilovasi mijoz haqida qanday ma‘lumot bilan ishlashini tushuntiradi. Ilovani “WOODCENTER” МЧЖ taqdim etadi.
1. Ilova qanday ma‘lumot bilan ishlaydi
Ilovadagi ma’lumotning ko‘p qismi buyurtmangiz bo‘yicha allaqachon mavjud yozuvlardir. Bundan tashqari ilova siz O‘ZINGIZ yuborgan narsalarni saqlaydi — murojaat matni, baho va joylashuv. Ro‘yxat to‘liq:
- ism, familiya va telefon raqamingiz — ular buyurtma qabul qilinganda olingan;
- buyurtma: raqami, turi, holati, bosqichi, muddati va tarkibi;
- to‘lovlar: sana va summa;
- imzolangan shartnoma (agar mavjud bo‘lsa);
- ilovada tanlagan tilingiz;
- siz yozgan murojaat matni (savol, e’tiroz, taklif) va unga berilgan javob;
- buyurtmaga qo‘ygan bahoingiz va izohingiz;
- do‘st taklif qilgan bo‘lsangiz — referal kodingiz va bonus harakatlari;
- murojaatga biriktirgan suratlaringiz (faqat siz yuborsangiz);
- siz o‘zingiz yuborsangiz — joylashuv koordinatangiz.
2. Ilova nimani so‘ramaydi
Ilova kontaktlaringizni, mikrofoningizni va telefondagi fayllaringizni so‘ramaydi va o‘qimaydi. Kamera ruxsati faqat «Xonani o‘lchash» (AR) uchun so‘raladi — bu haqda quyida alohida bandda. Murojaatga surat telefoningizning o‘z kamera yoki galereya ilovasi orqali tanlanadi va faqat siz «Yuborish» tugmasini bosganingizda serverga ketadi. Ilovada reklama tarmoqlari va foydalanuvchi kuzatuvi yo‘q.
3. Joylashuv
Joylashuv IXTIYORIY. Ilova uni faqat siz «Joylashuvimni yuborish» tugmasini bosganingizda va o‘sha daqiqada bir marta o‘qiydi. U fonda kuzatilmaydi. Koordinata o‘lchovchi va yetkazib beruvchi manzilingizni topishi uchun ishlatiladi. Ruxsat bermasangiz ilova to‘liq ishlashda davom etadi. Yuborilgan koordinatani o‘chirishni so‘rasangiz — o‘chiramiz.
4. Xonani o‘lchash (AR) va kamera
Xonani o‘lchash IXTIYORIY. Birinchi marta ochganingizda ilova nima uchun kamera kerakligini tushuntiradi va roziligingizni so‘raydi. Kamera tasviri faqat telefoningiz ichida pol va devorlarni aniqlash uchun ishlatiladi: u yozib olinmaydi, saqlanmaydi va hech qayerga yuborilmaydi. Natija — xonaning eni, chuqurligi va balandligi — telefonda saqlanadi va faqat siz dizayn yoki so‘rov yuborganingizda kompaniyaga boradi. Kamera ruxsatini telefon sozlamalarida istalgan vaqtda o‘chirishingiz mumkin; ilovaning qolgan qismi ishlashda davom etadi.
5. Kirish qanday ishlaydi
Ilovaga telefon raqamingiz va parolingiz bilan kirasiz. Ro‘yxatdan o‘tishda raqamingiz SMS kodi yoki menejer bergan taklif kodi bilan tasdiqlanadi. Parol bazada ochiq ko‘rinishda saqlanmaydi — faqat qaytarib bo‘lmaydigan xeshi turadi. Kirgandan keyin qurilmangizda kirish tokeni saqlanadi.
6. Ma‘lumot kim bilan bo‘lishiladi
Hech kim bilan. Ma‘lumotingiz sotilmaydi, reklama tarmoqlariga berilmaydi va boshqa kompaniyalarga uzatilmaydi. Yagona tashqi xizmat — Telegram: u orqali sizga kirish kodi va buyurtma holati haqidagi xabarlar yetkaziladi.
7. Bildirishnomalar
Ilovada bildirishnomani yoqsangiz, telefoningiz Google (Firebase) xizmatidan qurilma tokeni oladi va biz uni saqlaymiz. Token faqat sizga buyurtmangiz bosqichi va qabul qilingan to‘lov haqida xabar yuborish uchun ishlatiladi. Xabar matni Google serverlari orqali o‘tadi. «Chiqish» tugmasini bossangiz yoki ilovani o‘chirsangiz, token bazadan olib tashlanadi.
8. Aksiyalar haqida xabarlar
Aksiya va chegirmalar haqidagi xabarlar faqat siz reklama xabarlariga rozilik bergan bo‘lsangiz yuboriladi. Rozilikni istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin — buning uchun menejerimizga ayting. Buyurtmangiz bosqichi va to‘lov haqidagi xabarlar reklama emas, ular xizmatga oid va rozilikdan qat’i nazar yuboriladi.
9. Qancha vaqt saqlanadi
- buyurtma va to‘lov yozuvlari — buxgalteriya hujjati sifatida, qonun talab qilgan muddatda;
- kirish kodi — 5 daqiqa;
- qurilmangizdagi kirish tokeni — siz «Chiqish» tugmasini bosgunga qadar.
10. Qurilmangizda nima saqlanadi
Kirish tokeni Android‘ning shifrlangan saqlovida (Keystore ostidagi EncryptedSharedPreferences) turadi va tanlagan tilingiz oddiy sozlamalarda saqlanadi. «Chiqish» tugmasi tokenni qurilmadan ham, serverdan ham o‘chiradi — telefoningiz yo‘qolsa, undagi token bilan hech kim kira olmaydi. Ilova qulfini yoqsangiz, ilova ochilganda telefoningizning barmoq izi yoki kodi so‘raladi — bu tekshiruv telefon ichida bo‘lib o‘tadi, bizga hech narsa yuborilmaydi. Aloqa yo‘q bo‘lganda oxirgi ko‘rilgan buyurtmalar ro‘yxati telefonda saqlanadi va «Chiqish» tugmasi uni ham o‘chiradi.
11. Sizning huquqingiz
Profil bo‘limidagi «Hisobni o‘chirish» tugmasi bilan hisobingizni ilovaning o‘zidan o‘chirishingiz mumkin: ism, telefon, manzil va boshqa shaxsiy ma’lumotlaringiz o‘chiriladi, kirish tokenlari bekor qilinadi. Faol buyurtmangiz yoki to‘lanmagan qarzingiz bo‘lsa, ma’lumotlar ular yopilgan kuni avtomatik o‘chiriladi — mebelni yetkazish uchun ular kerak. Buyurtma va to‘lov yozuvlari buxgalteriya hujjati bo‘lgani uchun nomsiz holda saqlanadi. Ma’lumotni ko‘rish yoki tuzatish uchun biz bilan bog‘laning.
12. Bolalar
Ilova bolalarga mo‘ljallanmagan va ulardan ataylab ma‘lumot yig‘maydi.
13. O‘zgarishlar
Siyosat o‘zgarsa, yangi matn shu sahifada chiqadi va yuqoridagi sana yangilanadi.
14. Bog‘lanish
Savolingiz bo‘lsa, biz bilan bog‘laning:
- “WOODCENTER” МЧЖ
- Manzil:
- Тошкент шаҳри, Яшнобод тумани, Уйсозлар кўчаси, 4В-уй